OPEKka a’zo mamlakatlar neft qazib olishni bir sutkada 1 million barelgacha kamaytirish niyatida. Bu haqda “Exo Moskvi” xabar bermoqda.
Ummon sultonligi neft vazirligi qo‘mitasi ko‘ra, tashkilotning navbatdagi yig‘ilishida neft qazib olishni shu yilning sentabr oyida qayd etilgan ko‘rsatkichgacha kamaytirishni kelishib oladi.
Rossiyaning “Lukoyl” kompaniyasi rahbari Vagit Alekperov OPEK+ ning talablarini qish mavsumida kamaytirish qiyinchilik tug‘dirsada, bajarishga tayyorligini bildirgan.
Ma’lumot uchun, 1-dekabrda Argentinada o‘tkazilgan G20 sammiti doirasida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Saudiya Arabiston valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon al-Saud bilan OPEK+ kelishuvini uzaytirish to‘g‘risida kelishib oldi. Uning shartlariga ko‘ra, OPEKka a’zo mamlakatlar va 11 ta chet davlatlari, xususan Rossiya ham, dunyo bozorida yuqori narxga erishish uchun neft qazib chiqarishni qisqartirishga majbur.
Bundan avval, OPEK vazirlar qo‘mitasi neft ishlab chiqarishni qisqartirish bo‘yicha ko‘rsatma bergan, biroq aniq raqamlarga to‘xtalmagan.
Izoh (0)