Forbes talqini bo‘yicha irlandiyalik rok guruh U2 2018-yilning eng ko‘p haq oladigan guruhlari va ijrochilari reytingida birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda jurnal tomonidan ma’lum qilindi.
Jamoa 12 oyda 118 million dollar ishlab topgan.
Ikkinchi o‘rindan Buyuk Britaniyaning Coldplay rok guruhi 115,5 million dollar bilan joy olgan. Uchinchi qatorni esa musiqachi Ed Shiran 110 million dollar bilan band qilgan.
Eng kuchli o‘ntalikka qo‘shiqchilar Bruno Mars (100 million dollar), Keti Perri (83 million dollar), Teylor Svift (80 million dollar), reper Jey-Zi (16,5 million dollar), Guns N' Roses guruhi (71 million dollar), Pink Floyd guruhi vokalchisi Rojer Uoters (68 million dollar), reper Diddi (64 million dollar) kirgan.
Izoh (0)