FIDE sobiq prezidenti Kirsan Ilyumjinovning O‘zbekistonni shaxmat vatani deya bildirgan fikriga rossiyalik grossmeyster Anatoliy Karpov munosabat bildirdi, deb yozadi Sputnik.

Foto: Sputnik

“Sobiq Qo‘qon xonligi hududidan qadimgi shaxmat donachalari topilganiga qaramay, O‘zbekiston shaxmat vatani hisoblanmaydi. Ammo bu topilmalar shaxmatning Rossiyaga Yevropadan emas, balki O‘zbekistondan kirib kelgan deyishga sabab bo‘lgan”,— deydi Anatoliy Karpov.

Uning ta’kidlashicha, O‘zbekiston shaxmat bo‘yicha ko‘plab muvaffaqiyatlarga erishayotganiga qaramay shaxmat vatani nomiga da’vogarlik qila olmaydi.

Karpov, shuningdek, 90-yillarda O‘rto Osiyo hududida qozoq va qirg‘iz shaxmatchilari ustunlik qilganini, biroq hozirda o‘zbekistonlik sportchilarning ko‘plab g‘alabalari ularning nufuzli shaxmat davlatlari qatoriga kirganini ham qo‘shimcha qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Kanalga qo‘shilish uchun: @Daryo_sport