“O‘zatom” agentligi bosh direktori Jo‘rabek Mirzamahmudov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi atom energetikasi sohasidagi Ukraina tajribasi bilan tanishish maqsadida Ukrainaga tashrif buyurdi. Bu haqda “O‘zatom” agentligining matbuot xizmati xabar berdi, deb yozadi UzDaily.
Tashrif doirasida 27-noyabr kuni o‘zbek delegatsiyasi Xmelnitsk AESda bo‘ldi, u yerda “O‘zatom” vakillari o‘quv-mashg‘ulot markazi, mashina bo‘limiga tashrif buyurdi va 3-stansiya energobloki qurilish maydonchasiga bordi.
28-noyabr kuni “Energoatom” markaziy ofisida “Energoatom” milliy atom energiya ishlab chiqaruvchi kompaniyasi Davlat korxonasi prezidenti Yuriy Nedashkovskiy bilan delegatsiyaning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar davomida Yuriy Nedashkovskiy “Energoatom” AES yuqori malakali xodimlarini tayyorlash uchun keng imkoniyatlarga ega ekanligini ta’kidladi.
Ikki tomonlama hamkorlik doirasida O‘zbekiston Respublikasi AES uchun kadrlar tayyorlash masalalarida o‘zaro hamkorlik qilish masalalari ko‘rib chiqilmoqda.
Izoh (0)