Qozog‘istonning kattaligi bo‘yicha uchinchi o‘rinda turuvchi shahri Chimkentda Prezident kunida 28 ta Nursulton dunyoga keldi. Bu haqda “Nur.kz” xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, Prezident kunida Chimkentda 46 ta chaqaloq, shundan 28 ta o‘g‘il bola dunyoga kelgan. Tug‘ilgan o‘g‘il bolalarga Nursulton deb ism qo‘yilgan. Nursultonlar ichida qozoq millatiga mansub bo‘lmaganlari ham uchragan.
Shifokorlarga ko‘ra, Nursultonlar dunyoga kelgan zahoti o‘zlarining qat’iyati bilan ajralib, deyarli yig‘lashmagan.
Ma’lumot uchun, Chimkentda bir yilda 28 mingta chaqaloq dunyoga kelib, ularning katta qismini o‘g‘il bolalar tashkil qiladi.
Izoh (0)