Alohida turdagi tovarlarni markirovkalashning zamonaviy usullarini joriy etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.
Qarorga muvofiq, 2019-yilning 1-avgustidan boshlab, tovarlar toifasidan kelib chiqib, import qilinadigan va respublikada ishlab chiqariladigan tovarlarni himoyalangan belgi va (yoki) nano-molekulyar texnologiyadan foydalangan holda majburiy markirovkalash bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Majburiy markirovkalash joriy etilgan sanadan boshlab, ushbu qaror bilan tasdiqlangan ro‘yxatdagi tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududida markirovkasiz sotish taqiqlanadi.
Markirovkalanishi majburiy bo‘lgan tovarlar guruhlari ro‘yxatiga yangidan qo‘shilgan tovarlarni ular ro‘yxatga kiritilgan kundan boshlab 180 kun mobaynida markirovkasiz sotilishiga ruxsat etiladi.
Izoh (0)