7-noyabr kuni Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida yashovchi I.E. (ismli ayol) IIBga murojaat qildi, deb xabar beradi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Fuqaro o‘z murojaatida 1-noyabr kuni uning yashash uyida “Abror Toshmatov” ismli noma’lum shaxs o‘zini tuman MIB xodimi deb tanishtirib, gaz va elektr ta’minotidan qarzdor ekanligini aytib, aldov yo‘li bilan undan 330 000 so‘m pul olib, to‘lov uchun qalbaki ma’lumotnoma berib ketganligini ma’lum qilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Rishton tumanida yashovchi, aslida “Toza Hudud” DUK haydovchisi bo‘lgan Sh.J. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Tergov davom etmoqda.
Izoh (0)