BAAning Abu-Dabi amirligi rasmiylari mamlakatga asos solinganining 47 yilligi munosabati bilan fuqarolarga 18,3 milliard dirham (taxminan 5 milliard dollar) miqdorida iqtisodiy yordam ajratdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Taqdim etilgan yordam ichidan uy-joy sotib olish uchun kreditlar, tayyor uylar va qurilish uchun yer maydonlari o‘rin olgan. Bu yordamdan 12 mingdan ortiq odam foydalana olishi kutilmoqda.
Abu-Dabi valiahd shahzodasi Muhammad bin Zayd al-Nahayonning ta’kidlashicha, ushbu qaror “ijtimoiy barqarorlikni va aholining munosib turmushini ta’minlash”ga yo‘naltirilgan.
BAA Milliy kuni har yili 2-dekabrda nishonlanadi. 1971-yilning shu kunida Abu-Dabi boshchiligidagi olti amirlik Birlashgan Arab Amirliklari nomi ostida mustaqil davlat tuzishga kelishgan. Yettinchi amirlik — Ras-al-Hayma esa BAA tarkibiga 1972-yilda qo‘shilgan.
Izoh (0)