Saratovda Yashil orol turistik bazasida otasi bilan Volgada sayr qilayotgan besh yoshli bola muz ostiga qulab tushdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Tergovchilar 30-noyabr kuni otasi bilan sayr qilayotib muz ostiga tushib ketish oqibatida besh yoshli bolaning halok bo‘lganligi vaziyatini aniqlashtirmoqda.
Bolaning otasi uni suvdan chiqarib olishga uringan, biroq bunga kuchi yetmagan. Shunda u suvdan chiqib, tanishi va bolaning bobosini chaqirgan. Ular suvga qayiq tushirib, bolani suvdan chiqargan.
Ular bolaga birinchi yordam ko‘rsata boshlagan, shuningdek, qutqaruv xizmati va tez yordam xodimlarini chaqirgan. Hodisa joyiga yetib kelgan favqulodda xizmat xodimlari bola o‘limini qayd etgan.
Izoh (0)