Buxoro viloyatining Romitan tumanida joylashgan Bo‘rontepa arxeologik yodgorligida yangi ekoturistik yo‘nalish — Oazis Safari tashkil etildi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qildi, deb yozadi O‘zA.
Mazkur maskan cho‘l hududida joylashganligiga qaramasdan, barcha sayyohlar tomonidan ijobiy baholanmoqda. O‘z zamonasida “Buyuk Ipak yo‘li” karvonlari savdo-sotiq ishlari tufayli shu yerdan o‘tgan va bu yer aholi turar joylariga aylangan.
Bugun esa ushbu sayyohlik yo‘nalishi hali ham qum orasida, qadimgi davr buyumlari qoldiqlarini o‘z bag‘rida saqlab kelayotgan katta arxeologik tepalikdir. Yerdan 3 metr pastlikda joylashgan yer osti yo‘li orqali kiriladigan hamda limon, mandarin, pomidor, bodring kabi sitrus meva-sabzavotlar yetishtirilayotgan kattagina issiqxona va sayyohlar uchun dam olish joylaridan iborat.
Izoh (0)