28-noyabr, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining 4 ta guruhida 5-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
“A” guruhining ilk o‘yinida “Atletiko Madrid” o‘z maydonida “Monako”ni qabul qiladi. Guruh peshqadami “Borussiya D” esa o‘z uyida “Bryugge”ni imtihondan o‘tkazadi.
“B” guruhi peshqadami “Barselona” Eyndxovenga safar qiladi. Guruhning ikkinchi bellashuvi esa Londonda “Tottenhem” hamda “Inter” jamoalari o‘rtasida kechadi.
“C” guruhida PSJ jamoasi Parijda Yurgen Klopp qo‘l ostidagi “Liverpul”ni qabul qiladi. Neapolda esa “Napoli” jamoasi guruh autsayderi “Srvena Zvezda”ni sinovdan o‘tkazadi.
“D” guruhining ilk o‘yini Moskvada “Lokomotiv” va “Galatasaroy” jamoalari o‘rtasida kechadi. Guruhning ikkinchi o‘yinida “Shalke-04” jamoasi safarda “Portu”ga qarshi maydonga tushadi.
YChL. “Real” “Roma”ni taslim qildi, “Bavariya” “Benfika”ga 5 ta gol urdi, “Man Siti”da esa durang (video)
Chempionlar Ligasi
5-tur o‘yinlari
28-noyabr, chorshanba
“A” guruhi
Izoh (0)