26-noyabr, dushanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Pepsi Superligasining 31-turi doirasida so‘nggi bellashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda chempionlik uchun kurashayotgan “Lokomotiv” klubi o‘z maydonida “Paxtakor”ni qabul qildi. Uchrashuvda hisob mezbonlar futbolchisi Igor Yelich tomonidan 19-daqiqada ochildi. Marat Bikmayev 38-daqiqada hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. 51-daqiqada Dragan Cheran hisobni qisqartirdi. Bikmayev 70-daqiqaga kelib, penaltidan gol urdi — 3:1. 86-daqiqada esa Tiago Bezerra “sherlar”ning ikkinchi va o‘yindagi so‘nggi golni urdi.
Natijada “Lokomotiv” 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, Superliga tugashiga 1 tur qolganida 43 to‘plagan holda muddatidan avval O‘zbekiston chempioni bo‘ldi.
Shu tariqa “Loko” o‘z tarixida mamlakat chempionligini uchinchi marta qo‘lga kiritdi.
Pepsi Superliga
31-tur bellashuvlari
23-noyabr, juma
“Qizilqum”—“Neftchi” 1:1
Gollar: 0:1 — 68 Andrey Sidorov, 1:1 — 70 Alisher Sanayev.24-noyabr, shanba
“Bunyodkor”—“Metallurg” 1:0
Gol: 1:0 — 50, penalti Aziz Haydarov.25-noyabr, yakshanba
“Qo‘qon-1912”—“So‘g‘diyona” 0:0
“Nasaf”—OKMK 2:2
Gollar: 1:0 — 19 Bobir Abduholiqov, 2:0 — 30 Islom Kenjaboyev, 2:1 — 59 Shohnazar Norbekov, 2:2 — 78 Vladislav Kasminin.“Buxoro”—“Navbahor” 1:2
Gollar: 0:1 — 37 A’zam Aliyev, 1:1 — 45 Salamat Qutiboyev, 1:2 — 64 Sherzod Karimov.26-noyabr, dushanba
Izoh (0)