Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 13-turida “Jenoa” o‘z maydonida “Sampdoriya” qabul qilib, 1:1 hisobida durang qayd etdi.
“Jenoa” tarkibidagi golga jamoaning 23 yoshli hujumchisi Kshishtof Pyontek mualliflik qildi.
Natijada uning A Seriyadagi gollari soni 10 taga yetdi. Shu tariqa Kshishtof 9 ta gol bilan to‘purar bo‘lib turgan “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldudan o‘zib ketdi.
Izoh (0)