Ukraina Oliy Radasi mamlakat Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi qonun loyihasini oldindan qo‘llab-quvvatladi, deb yozadi Meduza.
Qonun loyihasi Konstitutsiyaga “ukrain xalqining yevropacha tengligi” ta’rifini kiritishni, shuningdek, Oliy Rada vakolatlariga Ukrainaning Yevroittifoq va NATOga qo‘shilishi siyosatini amalga oshirishni kiritishni taklif qiladi.
22-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Rada majlisida qonun loyihasini 311 deputat qo‘llab-quvvatladi. Ammo uni Rada 2019-yil fevralida boshlanadigan navbatdagi sessiyadagina yakuniy qo‘llab-quvvatlashi mumkin. Buning uchun kamida 300 deputat ovozi kerak bo‘ladi.
Izoh (0)