• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumi ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahrida ish boshlagan inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumi ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi. Tabrik matni Prezidentning matbuot xizmati tomonidan keltirildi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Hurmatli forum ishtirokchilari!

    Xonimlar va janoblar!

    Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumining barcha ishtirokchilari va mehmonlarini qadimiy Samarqand shahrida qutlash hamda Butunjahon inson huquqlari deklaratsiyasi qabul qilinganining 70 yilligi bilan tabriklash menga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi.

    Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi janob Antoniu Guterrishga bizning mintaqamizda birinchi marta bo‘lib o‘tayotgan ushbu forumni o‘tkazish haqidagi tashabbusni qo‘llab-quvvatlagani uchun samimiy tashakkur bildiraman.

    Birlashgan Millatlar Tashkiloti, BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi, Xalqaro migratsiya tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, boshqa hamkor tashkilotlar, Osiyo mamlakatlarining inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarining yuqori martabali vakillari, shuningdek, ko‘zga ko‘ringan xorijiy davlat va jamoat arboblari, inson huquqlari sohasidagi yetakchi ekspertlar, O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik missiya rahbarlari ushbu forumda ishtirok etayotganidan minnatdorman.

    “Butunjahon inson huquqlari deklaratsiyasi qabul qilinganining 70 yilligi yakunlari: zamonaviy tahdidlar va real voqelik” mavzusida o‘tkazilayotgan mazkur anjumanning dolzarbligi ana shu asosiy hujjatning o‘rni va ahamiyatini mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlarni birlashtirish zarurati bilan belgilanadi.

    BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Mishel Bachelet xonim ta’kidlaganidek, “biz yuksak adolat va tenglik sari harakat qilgan taqdirdagina yanada barqaror tinchlik, xavfsizlik va taraqqiyotga erishmog‘imiz mumkin”. Men bu muhim prinsipni to‘liq qo‘llab-quvvatlayman.

    Tarix shundan dalolat beradiki, dunyodagi barcha sivilizatsiyalar, madaniyat va dinlar inson huquqlari to‘g‘risidagi tayanch tushunchalarning shakllanishiga asos bo‘lgan insonparvarlik g‘oyalari ta’sirida vujudga kelgan.

    Masalan, bundan 2700 yil muqaddam Osiyo hududida yaratilgan eng ko‘hna yozma yodgorlik — “Avesto” kitobida inson huquq va erkinliklari, millatlararo munosabatlarni o‘zaro hurmat va ishonch tamoyillari negizida barpo etish g‘oyalari muhim o‘rin tutadi, zo‘ravonlik va adolatsizlik rad etiladi.

    Shuningdek, Sharqning buyuk huquqshunoslaridan biri Burhoniddin Marg‘inoniy XII asrdayoq o‘zining “Hidoya” asarida har bir insonning haq-huquqini saqlash zarurligi to‘g‘risida muhim g‘oyani ilgari surgan edi.

    Ana shu muqaddas qadriyatlar bugun ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan va mazkur forum kun tartibiga hamohangdir.

    Ta’kidlash joizki, 70 yil avval qabul qilingan Butunjahon inson huquqlari deklaratsiyasi butun dunyoda demokratiya va insonparvarlik tamoyillarini qaror toptirish borasida yangi imkoniyatlar ochdi.

    Afsuski, bugungi kunda biz barchamiz ana shu ijobiy jarayonga to‘sqinlik qilayotgan murakkab va ziddiyatli tendensiyalar kuchayib borayotganiga guvoh bo‘lib turibmiz.

    Bu o‘rinda jahonda, jumladan, Janubi-Sharqiy Osiyodan tortib Yaqin Sharqqacha bo‘lgan makonda qurolli to‘qnashuvlar kuchayib, o‘zaro ishonchsizlik va nizolar, millatlar va konfessiyalararo ixtiloflar chuqurlashib borayotgani, barqaror taraqqiyotga qarshi boshqa global tahdid va xatarlar haqida so‘z bormoqda.

    Ilojsiz holda o‘z yurtini tashlab ketayotgan kishilar va qochqinlar soni tobora ortib borayotgani, ta’lim va tibbiy yordamdan foydalanish imkoniyati yo‘qligi, odam savdosi va majburiy mehnat, ayollar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni ta’minlash, qashshoqlik va ochlikka barham berish zarurati bilan bog‘liq muammolar murakkablashib borayotganiga biz chetdan tomoshabin bo‘lib qarab turolmaymiz.

    Shu ma’noda, bizning qat’iy ishonchimizga ko‘ra, jami 4,5 milliarddan ziyod aholi istiqomat qilayotgan Osiyo mintaqasining kelajagi ko‘p jihatdan Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 2030 yilga qadar barqaror taraqqiyot sohasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga tayyor bo‘lishga, shuningdek, inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha samarali mintaqaviy mexanizmni shakllantirishga bog‘liq.

    Hurmatli forum ishtirokchilari!

    Bugun biz O‘zbekiston milliy taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘ygan bir davrda “Xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan bosh tamoyilga amal qilmoqdamiz. Aynan ana shu tamoyil 2021-yilgacha O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirishning asosi bo‘lib xizmat qilmoqda.

    Biz parlament vakolatlarini sezilarli darajada kengaytirdik, jamoatchilik nazorati institutlarini mustahkamladik, fuqarolik jamiyatini faol rivojlantirmoqdamiz. Sud tizimi va huquqni muhofaza qilish organlari tubdan isloh qilinmoqda. Oila instituti va jamiyatning ma’naviy-axloqiy negizini mustahkamlash bo‘yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda, barkamol avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda.

    Inson huquqlari sohasidagi xalqaro tuzilmalar bilan yaqin sheriklik kengaymoqda, huquqni himoya qilish borasida hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlar bilan amaliy muloqot yo‘lga qo‘yilgan.

    Biz ana shu muhim ishlarni qat’iy davom ettiramiz. Bizning ustuvor vazifamiz inson salohiyatini ro‘yobga chiqarishga har tomonlama ko‘maklashish, uning asosiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlashdan iborat.

    Bu jamiyatda tinchlik va barqarorlik, farovon hayotni ta’minlashning asosiy shartidir.

    Ishonchim komil, forum yakunida qabul qilinadigan Samarqand deklaratsiyasi inson huquqlari sohasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga, bu ezgu ishni yangi, yanada yuksak pog‘onaga olib chiqishga xizmat qiladi.

    Anjuman dorasida ishtirokchilar tomonidan ilgari suriladigan taklif va tashabbuslar hamda ularning xulosalari inson huquqlari sohasida milliy dastur va strategiyalarni ishlab chiqishda inobatga olinadi.

    Forumning barcha ishtirokchilari va mehmonlariga samarali faoliyat olib borishni, ularning mamlakatimizga tashrifi mazmunli o‘tishini tilayman.

    22.11.2018, 13:06   Izoh (0)   6665
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yevropa investitsiya banki O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga kreditlar ajratadi

    22.11.2018, 12:49

    Namanganda aka ukasining qotiliga aylandi

    22.11.2018, 12:36

    Shavkat Mirziyoyev Livan prezidentini Mustaqillik kuni bilan tabrikladi

    22.11.2018, 12:07

    Foto: Yangiyo‘lda ikki boshli buzoq tug‘ildi

    22.11.2018, 10:38

    O‘zbekiston yil boshidan buyon Qozog‘iston bug‘doyini eng ko‘p sotib olgan mamlakat bo‘ldi

    22.11.2018, 09:31

    O‘zbekistonda axborot texnologiyalarini himoya qilish tizimi takomillashtiriladi

    22.11.2018, 09:17
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yerdan 4 yarim yorug‘lik yili uzoqligida yangi sayyora va yulduz aniqlandi

    Dunyo | 10 avgust, 00:10

    “Ukraina taqdiri yevropaliklar ishtirokisiz hal qilinmasligi kerak” — Emmanuel Makron

    Dunyo | 9 avgust, 23:30

    O‘zbekistonda ish beruvchilarga qo‘yilgan ayrim talablar bekor qilinadi

    O‘zbekiston | 9 avgust, 23:01

    “An-Nassr” “Bavariya” futbolchisiga qiziqish bildirmoqda

    Sport | 9 avgust, 22:24

    “Hizbullohning qurolsizlantirilishiga qarshimiz” — Eron rasmiysi

    Dunyo | 9 avgust, 22:20

    Indoneziya G‘azo jabrdiydalari uchun kimsasiz orolda shifoxona ochadi

    Dunyo | 9 avgust, 21:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.