Shu yilning 20-noyabr kuni Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida yashagan D.T.ning uyidan tashqi ko‘rinishidan jarohatsiz jasadi topilgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
O‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, u boshining ichki qismiga yetkazilgan jarohatdan vafot etganligi aniqlangan. Ko‘rilgan choralar natijasida shu yilning 15-noyabr kuni marhum D.T.ning akasi U.T. uyida o‘zaro janjal tufayli uni yuzi va boshiga qo‘llari bilan urib, jarohat yetkazganligi aniqlanib, ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)