Shimoliy va Janubiy Koreya chegara hududida 14 yilda ilk bor tutash yo‘l paydo bo‘ldi. Bu haqda Janubiy Koreya mudofaa vazirligiga tayanib, AFP xabar bermoqda, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Tuproq yo‘l Janubiy va Shimoliy Koreyani ajratib turuvchi qurolsizlantirilgan zonada ekanligi ta’kidlanmoqda. U 1950—1953-yillardagi Koreya urushida halok bo‘lgan odamlar jasadlarini qidirish uchun bo‘lajak qo‘shma operatsiyalarda qo‘llaniladi.
Mazkur yo‘l rekonstruksiyasi sentabr oyida Pxenyanda KXDR yetakchisi Kim Chen In va Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In o‘rtasidagi uchrashuvda kelishilgan choralardan biri hisoblanadi.
Izoh (0)