Britaniyalik geologlar va okeanologlar Antarktidaning sharqiy qismi ostida yirik radioaktiv issiqlik manbai joylashganini aniqladi, deb yozadi “Izvestiya”. U muzliklar erishining yana bir sababchisidir.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, noma’lum obyekt muzlardan bir necha kilometr pastda joylashgan. U tufayli muzliklar erishi jarayoni bir necha ming yillardan buyon davom etmoqda.
Olimlar ta’kidlashicha, radioaktiv obyekt yirik muzliklar uchun xavf tug‘dirmaydi, ammo ularning yupqalashib, tashqi manbalar uchun zaiflashishiga olib kelishi mumkin.