O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan Jizzax viloyati Baxmal tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 66-sonli umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi, deb yozadi O‘zA.
Muassasaning tashqi ko‘rinishi ko‘rgan ko‘zni quvontiradi. Ikki qavatli maktab binosida 501 nafar o‘quvchi ilm olmoqda. Maktabda tajribali pedagoglar shogirdlariga zarur bilimlarni belgilangan dars jadvali asosida o‘z vaqtida berib bormoqda. Biroq maktabda qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari to‘liq yakunlanmagan. Yagona isitish tizimi talabga javob bermaydi. Maktab direktorining ta’kidlashicha, “qop-qop ko‘mir” mavsumga shay. Lekin uning sifatiga kelganda, ko‘mir foydalanishga yaroqsiz...
Ushbu dargohga bolalar bilim olgani keladi, ammo sovuq xonalardagi darslar ularning sog‘lig‘iga qanday ta’sir o‘tkazadi?
Bir so‘z bilan aytganda, ularga “amerikacha” avtobuslar emas, avvalo ta’lim muassasasiga issiqlik zarur.
Izoh (0)