17-noyabr kuni butun Fransiya bo‘ylab benzin va dizel yoqilg‘i narxlari oshganligiga qarshi aksiyalar bo‘lib o‘tdi. Mahalliy IIV ma’lumotlariga qaraganda, norozilik namoyishlariga 282 mingdan ortiq aholi chiqdi, deb yozadi TJournal.
Aksiya ishtirokchilaridan biri halok bo‘ldi. Namoyishchilar qizini shifoxonaga olib borayotgan mahalliy fuqaroning yo‘lini to‘sishga uringan. Ayol vahimaga tushib, gazni bosgan va 63 yoshli ayolni bosib ketgan.
Bundan tashqari, to‘qnashuvlar davomida 227 nafardan ortiq odam jabrlangan. Ulardan yetti nafari jiddiy jarohat olgan. Politsiya 52 kishini hibsga olgan.
Namoyish ishtirokchilari mamlakatning amaldagi prezidenti Emmanuel Makronni iste’foga chiqishga chaqirdi.
Hozir Fransiyada bir litr benzin 1,7 yevrodan ortiq turadi. Dizel yoqilg‘isining litri odatda 1,4—1,5 yevroga tushadi. Turli OAVlari ma’lumotlariga ko‘ra, bir yil davomida benzin 7—15 foiz, dizel yoqilg‘isi 15—25 foizga qimmatlashdi. Fransiya hukumati, 2019-yilning boshida yuz beradigan yana bir narx oshishi haqida e’lon qildi.
Izoh (0)