• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonning 2019-yil budjetnomasi deputatlar tomonidan muhokama qilindi

    17-noyabr kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar O‘zbekistonning 2019-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlarini ko‘rib chiqdi. Majlisda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari — moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov ma’ruza qildi, deya xabar bermoqda palata matbuot xizmati.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Dastavval parlament quyi palatasining barcha qo‘mitalari, siyosiy partiyalar fraksiyalari va O‘zbekiston Ekologik harakati deputatlar guruhi majlislarida ushbu masalaning dastlabki muhokamalari o‘tkazilgan edi. Majlisda qayd etilganidek, Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim qilingan 2019-yilgi Budjetnoma Prezident tomonidan tasdiqlangan 2017—2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda, shuningdek, Budjet kodeksining 96-moddasi qoidalariga muvofiq ishlab chiqilib, parlamentga kiritilgan.

    Mamlakatning bosh moliyaviy hujjatini taqdim etish amaliyotida birinchi marta 2019—2021-yillarda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari prognozi berildi. Unda fiskal ko‘rsatkichlarga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy tashqi va ichki omillar, 2019—2021-yillarga oid soliq-budjet siyosatining strategiyasi, 2019-yilga mo‘ljallangan va 2020—2021-yillarga prognoz qilingan fiskal xavflar, 2019—2021-yillarga mo‘ljallangan Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlari parametrlari kabi masalalar o‘z aksini topgan. Iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni ta’minlashga, iqtisodiyot sektorlarining makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning yuqori sur’atlarda o‘sishiga erishishga, aholi farovonligini yuksaltirishga qaratilgan investitsiyaviy jozibadorlik hamda ishchanlik muhitini oshirishga doir chora-tadbirlarni izchil amalga oshirish nazarda tutilgan.

    Majlisda qayd etilganidek, 2019-yilda yalpi ichki mahsulotning o‘sishi keyingi yillarda uning ijobiy dinamikasini saqlab qolgan holda 5,4 foiz (2020-yilda 6,0 foiz, 2021-yilda 7,0 foiz) miqdorda bo‘lishi nazarda tutilmoqda. Xususan, sanoat ishlab chiqarishi hajmi 4,9 foiz, qurilishda 8,4 foiz, qishloq xo‘jaligida 3,3 foiz va xizmatlar sohasida 6,2 foiz ko‘payadi, asosiy kapitalga investitsiyalar 17,0 foiz, tovarlar va xizmatlar eksporti 15,5 foiz hamda import 6,3 foiz o‘sadi.

    2019-yilgi soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlari Prezidentning 2018-yil 29-iyunda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, barcha fuqarolar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining yagona stavkasini 12 foiz miqdorida joriy etish, shundan 0,1 foizini shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisob-varaqlariga yo‘naltirish, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkasini 14 foizdan 12 foizgacha, tijorat banklari uchun 22 foizdan 20 foizgacha pasaytirish, fuqarolarning mehnat haqi tarzidagi daromadlaridan budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ushlab qolinadigan sug‘urta badallarini bekor qilish nazarda tutilmoqda. Umuman olganda, taklif etilayotgan chora-tadbirlar amalga oshirilishi hisobiga soliqlar va majburiy to‘lovlarning turi 19 tadan 15 tagacha kamayadi.

    2019-yilga mo‘ljallangan Budjet siyosati puxta o‘ylangan fiskal siyosatni amalga oshirishga, iqtisodiy ko‘rsatkichlarning mutanosib o‘sishiga va mamlakat moliyaviy tizimining barqarorligini ta’minlashga qaratilgan.

    Budjet mablag‘larini rejalashtirish samaradorligini, ulardan foydalanish natijadorligini oshirishga hamda budjetlararo munosabatlarni takomillashtirishga yo‘naltirilgan bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda. Xususan, Davlat budjetini rejalashtirish va ijro etish jarayonini, budjetlararo munosabatlarni takomillashtirish, tegishli viloyatlar, tumanlar va shaharlarning soliq to‘lash imkoniyatlarini kengaytirishdan mahalliy davlat hokimiyati organlarining manfaatdorligini oshirish, budjetning barqarorligini ta’minlash uchun budjetga qat’iy rioya etilishiga erishish, budjet tizimida budjetlarning moliyaviy oqimlarini uyg‘unlashtirish kabilar shular jumlasidandir. Budjetni rejalashtirishning barqarorligini oshirish maqsadida prognoz yili uchun Davlat budjetini va keyingi ikki yilga mo‘ljallangan budjet yo‘nalishlarini tasdiqlash yo‘li bilan o‘rta muddatga mo‘ljallangan budjetni rejalashtirish mexanizmini joriy etish taklif qilinmoqda.

    2019-yilda Davlat budjeti daromadlarining tushumi 102,6 trillion so‘m yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 24,2 foiz darajasida bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Davlat budjetiga tushumlarning joriy yil ko‘rsatkichiga nisbatan 37,8 foiz o‘sishi rejalashtirilmoqda. Davlat budjeti daromad qismining tushumi bevosita soliqlar bo‘yicha daromadlar hisobiga 20,7 trillion so‘m, bilvosita soliqlar bo‘yicha 55,5 trillion so‘m miqdorida, resurs soliqlar va mol-mulkka solinadigan soliqlar bo‘yicha 14,6 trillion so‘m, yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliqlar bo‘yicha 10,7 trillion so‘m, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlar bo‘yicha 0,3 trillion so‘m miqdorida bo‘lishi kutilmoqda.

    2019-yilda Davlat budjetining xarajatlari 107,1 trillion so‘mni tashkil etadi. Bu o‘tgan yildagiga nisbatan 1,4 baravar ko‘p bo‘lib, bunda Davlat budjetining xarajatlari asosan ijtimoiy sohalarga yo‘naltiriladi. Jumladan, ijtimoiy soha xarajatlari 57,8 trillion so‘mni yoki umumiy xarajatlarga nisbatan 54,0 foizni tashkil etadi. Bunda ushbu xarajatlarning o‘sishi avvalgi yilga nisbatan 34,4 foiz ko‘payadi.

    Maktabgacha ta’lim muassasalarini moliyalashtirishga 4,0 trillion so‘m, umumiy ta’limga 17,1 trillion so‘m yo‘naltiriladi, kadrlar tayyorlashga ajratiladigan mablag‘lar 3,8 trillion so‘mni tashkil etadi. Sog‘liqni saqlashni moliyalashtirishga esa, 12,1 trillion so‘m yo‘naltiriladi yoki avvalgi yilga nisbatan 30,5 foiz o‘sish bilan umumiy xarajatlarga nisbatan 11,3 foizni tashkil etadi.

    Madaniyatni moliyalashtirish uchun 1,0 trillion so‘m, ilm-fanga 0,8 trillion so‘m yo‘naltiriladi. Ijtimoiy nafaqalar, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam to‘lash va kompensatsiya to‘lovlari uchun xarajatlar o‘tgan yildagiga nisbatan 61,8 foiz oshgan holda 5,2 trillion so‘mni tashkil etadi. “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlarini amalga oshirish uchun barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 6,3 trillion so‘m yo‘naltiriladi, bu esa, 478 ta aholi punktida turmush sharoitlari yaxshilanishini ta’minlaydi.

    Davlat dasturlarini amalga oshirish doirasida 2019-yilda 372 ta ob’ektda ichimlik suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish hamda modernizatsiyalash, 1 916,1 km uzunlikdagi suv o‘tkazish tarmog‘ini qurish va rekonstruksiya qilish nazarda tutilmoqda. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida markazlashgan suv ta’minotini qamrab olish 2019-yilda 77,0 foizga yetadi. Umuman olganda, 2019-yilgi Budjetnomada nazarda tutilgan daromadlarning izchil o‘sishi, soliq siyosatida joriy etilayotgan tub o‘zgarishlar aholining turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgani bilan ahamiyatli ekani ta’kidlandi.

    Majlisda Budjetnoma hamda uning asosiy yo‘nalishlari deputatlar tomonidan har tomonlama muhokama etildi. Budjet mablag‘laridan samarali foydalanishda ta’sirchan jamoatchilik va parlament nazoratini amalga oshirish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Mahalliy budjetlarning daromad manbai mustahkamlanishini va ularning mustaqilligi izchil oshirib borilishini hisobga olgan holda, mahalliy vakillik organlari vakolat va imkoniyatlaridan oqilona foydalanilishini, budjetga tushumlar to‘liq bo‘lishini ta’minlash ishiga faol qo‘shilishlari talab etiladi. Bu borada parlament xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari korpusiga har tomonlama yordam ko‘rsatishi ta’kidlab o‘tildi.

    Shu bilan birga, majlisda Hukumatga siyosiy partiyalar fraksiyalari, O‘zbekiston Ekologik harakati deputatlar guruhining taklif va fikr-mulohazalari, shuningdek,aholining Qonunchilik palatasi deputatlari bilan joylarda o‘tkazilgan uchrashuvlar chog‘ida bildirilgan fikrlari hamda takliflarini inobatga olish taklif etildi. Parlament vakillarining bosh moliyaviy hujjat loyihasi yuzasidan bergan savollariga bosh vaziri o‘rinbosari — moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov atroflicha javob qaytardi. Yig‘ilishda bosh vazir Abdulla Aripov so‘zga chiqdi.

    Barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari va Ekologik harakat deputatlar guruhining so‘zga chiqqan vakillari Hukumat tomonidan taqdim etilgan O‘zbekistonning 2019-yilgi Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlarini qo‘llab-quvvatlashni taklif etdilar. Loyiha Qonunchilik palatasi tomonidan tasdiqlandi.

    17.11.2018, 22:24   Izoh (0)   14231
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namanganda Hyundai avtomobil zavodiga tamal toshi qo‘yildi (foto)

    17.11.2018, 21:43

    Maktab o‘quvchilari uchun Qurolli Kuchlar akademiyasi bo‘ylab ekskursiya uyushtirildi (foto)

    17.11.2018, 20:55

    Navoiy kon-metallurgiya kombinati ishchilari kombinatga tegishli 256 mln so‘mlik kabellarni o‘g‘irlab ketdi

    17.11.2018, 18:32

    Farg‘ona viloyatining ayrim tumanlarida odam o‘ldirish holatlari ko‘paygan

    17.11.2018, 17:52

    Saratovda poyezd va avtobus to‘qnashuvi oqibatida besh o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

    17.11.2018, 17:01

    O‘zA: O‘zbekistonga kelgan har bir sayyoh 617 dollardan pul sarflaydi

    17.11.2018, 16:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Google sun’iy intellektga asoslangan yangi ko‘zoynak taqdim etdi

    Dunyo | 18 may, 13:25

    “Barselona” futbolchisining “Manchester Siti”ga o‘tishi rad etildi

    Sport | 18 may, 13:23

    O‘zbekiston merganlari Turkiyadagi musobaqada birinchi o‘rinni oldi

    O‘zbekiston | 18 may, 12:30

    “Real Madrid” Rodrigoga o‘rinbosar topdi

    Sport | 18 may, 11:55

    Rossiya maktablarida o‘qish uchun imtihondan o‘tolmagan migrant bolalarni vataniga qaytarib yuborish taklif qilindi

    Dunyo | 18 may, 11:28

    Ronaldu qaysi klub futbolchilari bilan hech qachon libos almashmasligini aytdi

    Sport | 18 may, 10:13
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.