O‘zbekistonda ilk bor o‘tkaziladigan Xalqaro turizm investitsion forumi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida mamlakat sayyohlik salohiyatiga oid statistik ma’lumotlar ham taqdim etildi.
2018-yilning o‘tgan 10 oyi davomida O‘zbekistonga kelgan xorijlik mehmonlar soni 4,4 million nafarni tashkil etgan. Butun 2017-yil davomida O‘zbekistonga 2,2 million xorijlik tashrif buyurgan.
O‘zbekistonda 18 mamlakat uchun viza rejimi, 50 mamlakatga kirish vizalarining soddalashtirilgan tartibi, 101 mamlakat uchun tranzit vizalari joriy qilingan.
“Yurtimizga kelgan har bir sayyoh o‘rtacha hisobda 617 dollar pul sarflaydi”, — deb yozadi O‘zA.
Izoh (0)