Advokatlar palatasining konferensiyasida Toshkent shahar BONA-FIDES advokatlik firmasi advokati Alim Ernazarov Advokatlar palatasi raisi etib saylandi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.
Alim Ernazarov turli yillarda Davlat suv qurilish qo‘mitasi, “O‘zagroinform” ishlab chiqarish birlashmasi, Adliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankida qator mas’uliyatli lavozimlarda ishlagan.
U 2004-yildan bugungi kunga qadar advokat sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Advokatlar palatasining konferensiyasi palataning yuqori organi bo‘lib, besh yilda kamida bir marta chaqiriladi.
Izoh (0)