Samarqand viloyatining Payariq tumani, Qumchuq mahallasida yashovchi M.A. ismli ayol uyida isitish pechiga 50 litr hajmdagi gaz ballonida bo‘lgan suyultirilgan gazni shlang orqali ulashi fojiaga olib keldi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Isitish pechidan sizib chiqqan is gazi tufayli M.A., o‘g‘li Q.A. va kelini Z.A. zaharlangan.
Hodisa oqibatida Q.A. voqea joyida vafot etdi. Uning onasi va turmush o‘rtog‘i kasalxonaga yotqizildi.
Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)