• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12589.35
    • RUB157.64
    • EUR14656.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Adliya vazirligi: ish beruvchilar o‘z xodimlaridan soliq qarzdorligi mavjud emasligi haqidagi ma’lumotnomalarni talab qilishi noqonuniy

    Ayrim davlat idoralarining ish beruvchilari tomonidan xodimlardan soliq qarzdorligi mavjud emasligi haqidagi ma’lumotnoma talab etilayotganligi holati ko‘plab uchramoqda. Ma’lumotnoma, asosan, xodimga ish haqi hisoblash paytida talab etilmoqda. Ish beruvchining mazkur talabi qonunda nazarda tutilmagan. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

    Foto: Adliya vazirligi

    Foto: Adliya vazirligi

    Shu sababli, adliya organlari joylarda bu kabi ma’lumotnomalar talab etilishi holatlari yuzasidan so‘rovnoma asosida (tashkilotlarga kirib bormagan holda) monitoring tadbirini o‘tkazdi.

    Avvalo, qayd etish lozimki, qonun hujjatlari bilan jismoniy shaxslardan quyidagi hollarda soliq qarzdorligi mavjud emasligi haqidagi ma’lumotnomalar talab etilishi mumkinligi belgilab qo‘yilgan, masalan:

    – fuqarolar turar joylarni almashtirish maqsadida tuman (shahar) hokimligiga ariza berganda yoki mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatsiz 15 yil davomida yer uchastkasiga egalik qilgan shaxs murojaat etganda;

    – maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik amalga oshirilganda;

    – ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish bitimlari notarial tasdiqlanganda va boshqa shu kabilarda.

    2018-yilning iyun oyidan boshlab davlat xizmatlari markazlari tomonidan jismoniy shaxslarga soliq qarzdorligi mavjud yoki mavjud emasligi haqida ma’lumotnomalar berish xizmati joriy etildi. So‘nggi 5 oy davomida markazlar tomonidan 81 mingdan ortiq ma’lumotnomalar berilgan.

    Monitoring natijalari, asosan, tibbiyot, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari ish beruvchilari tomonidan shu kabi ma’lumotnomlar talab etilayotganligini ko‘rsatdi.

    Xususan, O‘zbekiston tumanida (Farg‘ona) 75 ta va Jondor tumanida (Buxoro) 65 ta holatda tibbiyot muassasalari xodimlaridan ish beruvchilari ma’lumotnomalar talab etganligi faktlari aniqlandi.

    Bu kabi ma’lumotnomalar talab etilishining sabablaridan biri sifatida, ayrim hollarda soliq organlarining yer va mulk soliqlarini o‘z vaqtida undirishda amaliy yordam berish haqidagi xatlari asos bo‘lib, bunda xodimlar davlat xizmatlari markaziga murojaat etishga majbur bo‘lishgan.

    Bundan tashqari, fuqarolardan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazish paytida yer tuzish va kadastr organlari tomonidan bunday ma’lumotnomalarni talab etilganligi holatlari ham uchradi.

    Shunday qilib, xodimlardan soliq qarzdorligi mavjud emasligi haqidagi ma’lumotnoma talab etilayotganligi holati nafaqat ularning qonuniy huquq va manfaatlariga ziyon yetkazmoqda, shu bilan birga davlat xizmatlari markazlarida sun’iy navbatlarning ortishiga sabab bo‘lmoqda.

    Aholi uchun esa noqulayliklar tug‘dirib, byurokratik sansalorlikni bartaraf etishga qaratilgan davlat siyosatini amalga oshirishga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatmoqda.

    Qayd etish lozimki, manfaatdor idora va tashkilotlar, zarur hollarda, soliq organlaridan bu kabi ma’lumotlarni so‘rovnoma yuborgan holda mustaqil olishlari mumkin.

    Bunda, xodimda soliq qarzdorligi aniqlansa, ish beruvchi qarzdorlikni undirish haqidagi sud yoki davlat ijrochisining hujjati asosida uning oylik maoshidan ushlab qolish huquqiga ega.

    Hozirda Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda ish beruvchilar o‘z xodimlaridan har xil ma’lumotnomalarni noqonuniy talab etishi holatlarini bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rmoqda.

    Hurmatli fuqarolar, agar ish beruvchi Sizdan qonunda belgilanmagan ma’lumotnomalar yoki hujjatlar taqdim etishni talab qilsa yoxud bunga majburlasa, Adliya vazirligining 1008 qisqa raqamli ishonch telefoniga yoki info@minjust.gov.uz elektron pochtasi va ijtimoiy tarmoqlar (Feysbukdagi “Adliya bilan muloqot/Dialog s yustitsiyey” guruhi, Odnoklassniki va boshqalar) orqali murojaat etishingiz mumkin, deyiladi xabarda.

    16.11.2018, 08:39   Izoh (0)   12716
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Alloh bandasiga tanlash ixtiyorini bergan

    16.11.2018, 08:16

    Shavkat Mirziyoyev Qo‘ng‘irot tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasasida bo‘ldi

    16.11.2018, 07:46

    O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi ilk bor Tojikistonga boradi

    16.11.2018, 07:35

    Shavkat Mirziyoyev Qo‘ng‘irot tumanidagi oilaviy poliklinikani borib ko‘rdi

    16.11.2018, 07:23

    O‘zLiDeP tashkil topganiga 15 yil to‘ldi

    15.11.2018, 22:11

    Xavfsizlik masalalarini o‘rganish bo‘yicha Yevropa markazi xodimi O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida dars bermoqda

    15.11.2018, 20:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Norvegiya Isroilga kiritgan investitsiyalarini qaytarib oladi

    Dunyo | 12 avgust, 14:10

    UFC jangchisi Maykl Peyj Drikus va Chimayev o‘rtasidagi bahsning favoriti kim ekanini aytdi

    Sport | 12 avgust, 13:57

    O‘zbekistonda sun’iy intellektdan foydalangan holda shaxsga doir ma’lumotlar tarqatilishi oldi olinadi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 13:45

    Eronda ayol 11 nafar erini o‘ldirganlikda ayblandi

    Dunyo | 12 avgust, 13:19

    Zelenskiy Rossiya armiyasi nazoratidagi hududlardan voz kechishga tayyor — The Telegraph

    Dunyo | 12 avgust, 12:59

    Himolay tog‘larining 97 ta cho‘qqisiga chiqish bepul bo‘ladi

    Dunyo | 12 avgust, 12:45

    “Barselona” prezidenti 2025-yilgi “Oltin to‘p” g‘olibi kim bo‘lishi kerakligini aytdi

    Sport | 12 avgust, 12:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.