AQSh sharqidagi qor bir nechta halokatli YTH va 1,5 ming reysning bekor qilinishiga olib keldi. Yuzlab amerikalik chiroqsiz qoldi. Bu haqda CBS telekanali ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Qor 14—15-noyabr kunlari AQShning sharqiy qismiga yopirilganligi ta’kidlanmoqda. Sent-Luis tumaniga 20 santimetrga yaqin qor yog‘gan. Ob-havo ma’lumotlariga ko‘ra, qor qoplami qalinligi Nyu-Jersi shtatining shimoliy qismida 20 santimetr, Yangi Angliyaning janubiy qismida 15 santimetrga yetishi mumkin.
Ob-havo sharoitlari sababli 5,5 mingga yaqin reys kechiktirilganligi, 1,5 mingga yaqin parvoz bekor qilinganligi ma’lum qilinmoqda. Qor yog‘ishi elektr ta’minotida ham muammolarni yuzaga keltirdi: beshta shtatda 200 mingga yaqin odam chiroqsiz qolgan.
Izoh (0)