Prezident qarori bilan 2018-yil 1-iyun kuni Dushanbe shahrida MDH ishtirokchi-davlatlarning hukumat rahbarlari Kengashi yig‘ilishida imzolangan Bitim tasdiqlandi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi, deb yozadi O‘zA.
Eslatib o‘tamiz, ushbu bitim Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi-davlatlarining intellektual mulk bozorini shakllantirish va rivojlantirishni tartibga solishga qaratilgan.
Mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun Intellektual mulk agentligi mas’ul markaziy organ etib belgilandi.
Izoh (0)