• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12654.13
    • RUB161.18
    • EUR14817.99
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Xorijiy va milliy ekspertlar O‘zbekiston erkin iqtisodiy zonalari faoliyatidan mamnun emas

    2018-yilning 12-noyabr kuni “Rivojlanish strategiyasi” markazida “O‘zbekistonda erkin iqtisodiy zonalarning samaradorligini baholash: qonunchilik, investitsiyalar, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik jihatlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Bu haqda Spot xabar berdi.

    Foto: Spot

    Foto: Spot

    “Rivojlanish strategiyasi” markazi Shveysariyaning PeaceNexus jamg‘armasi bilan hamkorlikda “O‘zbekiston Respublikasi erkin iqtisodiy zonalari (EIZ)ning samarali faoliyat yuritishini tashkil etish va qulay shart-sharoitlarni yaratish” loyihasini amalga oshirgan edi. Loyihani amalga oshirishga xorijiy va milliy ekspertlar jalb qilingan.

    Loyiha doirasida ekspertlar bilan 2018-yilning sentabr va oktabr oylari davomida EIZlarning faoliyati va mavjud muammolari, shuningdek, mintaqa va butun mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik muammolar yechimiga EIZ ta’siri masalalari o‘rganildi.

    Muammo va kamchiliklar

    Investorlar keltirgan muammolar quyidagilar:
    • ishga kirish vizalarini olish (O‘zbekiston Respublikasida xorijiy fuqarolar ishga joylashishi uchun ruxsat beradigan) noqulay deb hisoblanadi;
    • investorlar uzoq cho‘ziladigan byurokratik jarayonlar va davlat idoralari tomonidan ularning murojaatlari nihoyatda uzoq muddatda ko‘rib chiqilishidan shikoyat qilishadi. Davlat ekologiya qo‘mitasining xulosasini olish, qurilishga ruxsat berish va muhandislik-kommunikatsion tarmoqqa ulanish to‘g‘risidagi qaror bir necha oyga cho‘zilib ketadi. Xuddi shu xizmatlar murojaatni bir e’tiroz asosida rad etishi va bir necha bor qayta ko‘rib chiqish uchun yuborishlari mumkin;
    • EIZ ishtirokchilari kerakli miqdorda xomashyo resurslari sotib olishda jiddiy qiyinchiliklarga duch kelishmoqda, ular Respublika tovar-xomashyo birjasi orqali realizatsiya qilinadi;
    EIZ ni boshqarish davlat markaziy organlari:
    • EIZni o‘rta muddatli va uzoq muddatli rivojlanish strategiyasining va EIZ tashkil etish va ishini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha direksiya va mahalliy hokimiyat organlarining faoliyatini baholash va rag‘batlantirish tizimi yo‘qligi;
    • Iqtisodiyot va Davlat investitsiya qo‘mitasi vazifalari bir-birini takrorlashi, EIZni boshqarish va muvofiqlashtirish vakolatlarini haddan tashqari markazlashtirish. Bundan tashqari, EIZ direksiyasi tomonidan qabul qilingan yagona hisobot shakllari mavjud emas;
    • 5 million dollardan ortiq investitsiya loyihalarini muvofiqlashtirish vazirliklar va idoralar, shuningdek, Respublika kengashi darajasida cho‘ziladi;
    Mahalliy aholi EIZ faoliyati natijasida turmush sharoitida (daromadlar, atrof-muhitni yaxshilash, ish iqlimini yaxshilash) muhim yaxshilanishlarni ko‘rmayapti.

    Shuningdek, investorlar, davlat kompaniyalari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar narxlari (O‘zbekiston havo yo‘llari va O‘zbekiston temir yo‘llari)ni odatda juda yuqori deb hisoblashadi. Masalan, bitta 40 futlik konteynerni Navoiy shahridagi “Tinchlik” stansiyasidan “Navoiy” EIZga qadar (25 km) transport vositasida tashish 500 dollarga aylanadi.

    EIZlarni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar

    O‘zbekistonda EIZlarni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar:
    1. Mintaqalarning qiyosiy afzalliklarini hisobga olgan holda erishsa bo‘ladigan indikatorlar maqsadli parametrlarga asoslanib, EIZlarni rivojlantirishning uzoq muddatli konsepsiya va o‘rta muddatli harakat rejasi ishlab chiqish;
    2. Vazirlar Mahkamasi huzurida, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat investitsiya qo‘mitasi tarkibiy tuzilmalari negizida EIZ va kichik sanoat zonalarini (KSZ) rivojlantirish bo‘yicha agentlik tashkil qilish. Respublika kengashi vakolatlarini agentlik ma’muriy kengashlari va EIZ, KSZ direksiyalariga o‘tkazish;
    3. Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari ko‘rsatish agentligi orqali “yagona darcha” tamoyilini joriy etib, jarayonni yengillashtirish va barcha zarur ruxsatnomalarni olish vaqtini qisqartirish;
    4. Davlat xizmatlari agentligi orqali xorijiy fuqarolarga ishga joylashish uchun ruxsatnoma berish tartibini soddalashtirish va tezlashtirish, xorijiy investorlar uchun 5 yilgacha bo‘lgan muddatga alohida vizalarni joriy qilish (investitsion faoliyat vizalari);
    5. EIZ ishtirokchi korxonalariga xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalarga EIZ hududlarida o‘z filiallarini ochish va ta’sis qilishga ruxsat berish;
    6. EIZ direksiyasi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi agentlik qarorlariga shikoyat arizasini berish mexanizmini yaratish va biznes rejalarni ishlab chiqish bo‘yicha talablarni soddalashtirish;
    7. EIZ direksiyasining faoliyatini baholash va monitoring qilish mexanizmini ishlab chiqish;
    8. Kooperatsiyalarni chuqurlashtirish va ishlab chiqarish klasterlarini yaratish maqsadida, EIZ ishtirokchilari o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblarda ular qaysi EIZda hisobdan o‘tganidan qat’i nazar, EIZ ishtirokchi korxonalarini QQS to‘lashdan ozod qilish taklif qilinadi;
    9. Mamlakatning barcha EIZlarida bir martalik to‘lovlar va doimiy badallar to‘lashda yagona tartib joriy qilish kerak;
    10. EIZlarning yagona vebsaytini o‘zbek, ingliz va rus tillarida individul EIZ sahifalari bilan yaxshilash. Mavjud imkoniyatlar haqida uchta tilda to‘liq ma’lumot olish, shuningdek, alohida savollar va murojaatlarni ko‘rib chiqish imkoniyatini ta’minlash joiz.

    13.11.2018, 11:58   Izoh (0)   22068
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda avtomobillar davlat raqamlaridagi harflarni bilasizmi?

    13.11.2018, 11:55

    Samarqandda keksa ayolning boshiga chelak kiydirgan yigitlar ushbu qilmishiga izoh berdi (video)

    13.11.2018, 10:44

    Buxoro muhandislik-texnologiya instituti domlasi darsga galstuk taqib kelmagan talabalarni shapaloq bilan “siyladi” (video)

    13.11.2018, 10:14

    Islomdagi yana bir mo‘jiza tasdiqlandi

    13.11.2018, 09:34

    15-noyabrdan O‘zbekistonda havo iliqlashadi

    13.11.2018, 09:09

    Navoiydagi kasalxonada bemorga qo‘llanmagan psixotrop dori vositasi ro‘yxatda chiqim qilingani aniqlandi

    13.11.2018, 09:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” videoreportaji: Ozodbek Nazarbekov Namanganda katta sahnaga qaytdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 00:10

    Tailandda budda rohibi o‘z hamkasbini otib o‘ldirdi

    Dunyo | 30 iyun, 23:55

    Shahrisabzda ikkita do‘kon yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:40

    Britaniyada ChatGPT tufayli ish o‘rinlari bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyun, 23:25

    Yaponiyada qora ayiq tufayli aeroport faoliyati to‘xtab qoldi (video)

    Dunyo | 30 iyun, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:00

    “Operachi bo‘lish oson emas” — Aqlbek Piyazov italyan tilini o‘rgangani, musofirchilikdagi hayoti va eng ko‘p olgan gonorari haqida gapirdi (foto, video)

    Shou-biznes | 30 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.