Dog‘istonning Kizlyarsk tumanida yengil mashinaning reys avtobusi bilan to‘qnashuvi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, yana bir kishi jabrlandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Avariya mahalliy vaqt bilan 17:00 atrofida yuz bergan. Lada Priora avtomobili haydovchisi yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish qismiga chiqib ketgan va avtobus bilan to‘qnashgan. To‘qnashuv oqibatida yengil mashinada bo‘lgan uch kishi hodisa joyida halok bo‘lgan. Shuningdek, avtobus haydovchisi jabrlangan.
Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, boshqa jabrlanganlar yo‘q.