Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Surxondaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Ulug‘bek Oxunov va viloyat prokurori O‘ktam Saidov boshqa ishga o‘tgani sababli egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda “Turon24” xabar berdi.

Foto: UzDaily

Foto: UzDaily

8-noyabr kuni Termiz shahridagi viloyat hokimligi binosida Bosh vazir Abdulla Aripov, O‘zbekiston prezidenti adminstratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda viloyat hokimi o‘rinbosari va viloyat prokurori lavozimidan ozod etilgan.

Viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlab kelgan Rahmatulla Gapparov, Surxondaryo viloyati prokurori lavozimiga esa Denov tumani hokimi bo‘lib ishlab kelgan Ulug‘bek Qosimov tayinlangan.

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Qirg‘iziston ta’lim vaziri xorijlik talabalardan pora olayotgan vaqtda ushlandi
Dunyo
Qozog‘iston Rossiyaga harbiy texnika yuborayotgani haqidagi xabarlar yuzasidan mamlakat Mudofaa vazirligi izoh berdi
Mahalliy
O‘zbekistonda 30-sentabrda qanday ob-havo kutilmoqda?