Oliy Majlis Senati raisi Nig‘matulla Yo‘ldoshev va Federatsiya Kengashining raisi Valentina Matviyenko Moskvadagi uchrashuvda ikki mamlakat yuqori palatalarining hamkorligi to‘g‘risidagi kelishuvni imzoladi, deb yozadi UzNews.
“Oliy Majlis Senatidan hamkasblarning Federatsiya Kengashiga tashrifi parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlash kayfiyatini tasdiqlaydi. Do‘stlik va o‘zaro hurmat an’analari — bu Rossiya va O‘zbekiston aloqalari bunyod etilayotgan asos”, — deya ta’kidladi Valentina Matviyenko.
Federatsiya kengashi raisi oxirgi ikki yilda Rossiya—O‘zbekiston parlamentlararo munosabatlarining sezilarli darajada faollashganligiga urg‘u berdi. U qonun chiqaruvchilar davlatlararo hamkorlikni yanada rivojlantirishda muhim rol o‘ynashi mumkinligiga ishonch bildirdi.
Nig‘matulla Yo‘ldoshev ikki mamlakat yetakchilari tufayli Rossiya—O‘zbekiston aloqalari strategik hamkorlik va ittifoqchilik xarakteri kasb etganligini ta’kidladi.
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Federatsiya Kengashi hamkorligi to‘g‘risidagi kelishuv imzolandi.
Izoh (0)