Namangan viloyati hokimi X.Bozorov Isroil davlatining “VP Group Isroil kompaniyalari konsorsiumi”ning vitse-prezidenti Eli Benjaminni qabul qildi, deb yozadi O‘zA.
Muloqotda dastlab isroillik ishbilarmon samimiy va do‘stona qabuldan behad minnatdorligini izhor etdi.
Muloqotda viloyat hokimi mamlakat qishloq xo‘jaligida klaster usulini joriy qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar, viloyatning bu sohadagi ichki imkoniyat va salohiyati haqida batafsil ma’lumot berdi hamda ularni ro‘yobga chiqarish yo‘lida xorijiy investorlar bilan hamkorlik uchun zarur barcha sharoit mavjudligini bildirdi.
Uchrashuvda qishloq xo‘jaligida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga doir taklif va mulohazalar muhokama etilib, dastlabki tashkiliy chora-tadbirlar yuzasidan kelishib olindi.
Izoh (0)