Avstraliyaning Melburn shahrida bugun, 9-noyabr kuni yuz bergan hujum oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, yana ikki kishi jarohat oldi. Hujum uchun javobgarlikni IShID terrorchilik guruhi zimmasiga oldi. Bu haqda terrorchilar nazorat qiluvchi Amaq axborot agentligi xabar berdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Amaq yo‘lovchi va politsiyachilarga pichoq bilan hujum qilgan erkakni “IShID jangchisi” deb atagan.
ABC Australia nashri huquq-tartibot organlariga tayanib xabar berishicha, politsiyachilar tomonidan qo‘lga olish davomida yaralangan bosqinchi shifoxonada halok bo‘lgan.
31 yoshli bosqinchi, shuningdek uning qarindoshlari bundan avval ham Viktoriya shtati va razvedka federal organlari nazorati ostida bo‘lganligi ta’kidlanmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)