Ba’zan kundalik hayotda foydalaniladigan narsalarning kamyob turlari juda qimmat bo‘ladi. AdMe ana shunday narsalarga e’tibor qaratdi.
Bir shingil uzum
Yaponiyada yetishtiriladigan kamyob uzumning bir sinchasi 2017-yilda 9800 dollarga sotilgan.Qush pati
XX asrning boshida qirilib ketgan guyya qushining pati 2010-yilda 10 ming dollarga sotilgan.“Chiqish”
Kompaslar, soatlar, “Chiqish” yozuvini ishlab chiqarishda ishlatiladigan tritiy moddasining bir grammi 30 ming dollar turadi.Suv
Fiji orolidagi buloqlardan olinib, Islandiya muzliklarining erigan suvlariga aralashtiriladigan Acqua di Cristallo suvining 1,25 litri 60 ming dollar turadi.Ko‘rish qobiliyatining tiklanishi
Ko‘zi ojizlikning tug‘ma shakli bilan og‘riydigan kishilarning ko‘rish qobiliyatini tiklovchi Luxturna dorisining bitta ko’z uchun mo‘ljallangan miqdori 425 ming dollar turadi.Choy
Yiliga 500 grammdan kamroq miqdorda ishlab chiqariladigan “Katta qizil xalat” choyining narxi 685 ming dollar turadi.Chayon zahri
Deathstalker chayonining 3,7 litr zahri 39 million dollar turadi. Bu turdagi bitta chayon bir martada ikki milligram zahar chiqaradi. 3,7 litr zharni olish uchun esa uni ikki million martadan ko‘proq “sog‘ish” kerak. Uning ahamiyati miyadagi shishlarni davolashda asosiy element ekanligi bilan belgilanadi.Kaliforniy 252
Kaliforniy 252 Yerdagi eng qimmat metall bo‘lib, uning bir grammi 250 million dollar turadi. Bu moddaning bir grammini olish uchun plutoniy yoki kyuriy yadro reaktorida sakkiz oydan bir yarim yilgacha nurlantiriladi. Har yili 20—40 mikrogramm ajratib olishga muvaffaq bo‘linadi. Dunyo bo‘yicha zaxira esa sakkiz grammni tashkil qiladi.
Izoh (0)