Olmazor politexnika kasb-hunar kollejida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan “Vatanni sevmoq baxti” mavzusida teatr xodimlari bilan talabalar o‘rtasida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb yozadi O‘zA.
O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan tadbirda davlat va jamoat tashkiloti vakillari, ekspertlar, akademiklar, ijodkorlar, professor-o‘qituvchilar, yoshlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Uchrashuvda ustoz san’atkorlar tomonidan talabalar uchun ochiq suhbat uyushtirildi. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida she’riyat bahslari tashkil etildi. Talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldi.
Izoh (0)