Namangan viloyati davlat soliq boshqarmasi, viloyat prokuraturasi, Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi, Savdo-sanoat palatasi viloyat bo‘limi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligi hamkorligida “Soliq qarzining paydo bo‘lish sabablari, to‘lovlarning amalga oshirilishida uchrayotgan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari” mavzuida seminar o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Prezidentning joriy yil 27-iyuldagi “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida tashkil etilgan tadbirda soliq qarziga ega 186 nafar jismoniy shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlar ishtirok etdi. Mutasaddi soha vakillari ularga tadbirkorlik va moliya-xo‘jalik faoliyatini tiklash, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha zarur tavsiyalar berdi.
Olib borilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari natijasida 521 nafar fuqaro tadbirkorlik faoliyatini qayta tiklab, belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tishi bilan ulardagi 134,1 milliard so‘mlik soliq qarzi hisobdan chiqarildi.
Izoh (0)