O‘zbekistonda 1-noyabrdan boshlab ob-havoning o‘rtacha harorati pasayishi kutilmoqda. Bu haqda Repost xabar berdi.
Yangi oyning birinchi kuni mamlakat bo‘ylab yomg‘ir yog‘ishi, shamol soniyasiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kunduzgi payt harorat 5-10 daraja iliq, kechki payt esa 5 darajagacha sovuq bo‘ladi.
2—3-noyabr kunlari Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida 2-7 daraja iliqlik kuzatiladi.
4-noyabr kuni O‘zbekistonda biroz iliqlik hukm suradi: kunduzi harorat 5-10 daraja iliq, kechki payt esa 2 darajagacha sovuq bo‘ladi.
Izoh (0)