Xitoy sharqidagi Shandun provinsiyasida ko‘mir konida yer o‘pirilishi oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 21 kishiga yetdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Oldinroq 19 qurbon haqida ma’lum qilingan edi.
O‘pirilish 20-oktabr kuni Xetsze okrugining Yunchen uyezdida ro‘y bergandi. Konda 334 kishi bo‘lib, 312 nafari vaqtida yer ostidan chiqishga ulgurgan edi. Ammo 22 nafar konchi yer ostida qolib ketgandi.
Qidiruv-qutqaruv operatsiyasi natijasida faqat bir kishi qutqarib olindi.
Izoh (0)