Germaniyada muxolifatchi siyosatchilar Istanbuldagi to‘rt tomonlama sammitda Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya yetakchisi Rajab Erdo‘g‘onning qo‘lini tutgan GFR kansleri Angela Merkelni tanqid qildi, deb yozadi “RBK”.
Gamburg federal majlisida “So‘l” partiyadan vitse-prezident Kansu Ozdemir Twitter’dagi sahifasida kansler “diktator uchun qonli yo‘lakcha to‘shamasligi” va uning “qonli qo‘lidan” tutmasligi lozimligini qayd etdi. “Bundan o‘zimni yomon his qilayapman”, — deb yozdi u. U gap aynan kim haqida ketayotganligiga aniqlik kiritmagan.
Germaniya Erkin demokratik partiyasi vakili Mixail Tyurer Bild jurnalidagi suratni izohlay turib, Merkel “ichki va tashqi siyosat kompasini yo‘qotgan”ligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga qaraganda, “avtokratlarga yaqinlik namoyish etilmasligi kerak”.
Izoh (0)