Kecha, 27-oktabr sanasida Italiya A Seriyasining 10-turida “Yuventus” safarda “Empoli” ustidan g‘alaba qozondi.
Krishtianu Ronalduning dubli Turin klubiga g‘alaba keltirdi. Shu tariqa jamoaning A Seriya startidagi 10 turda qo‘lga kiritgan ochkolari soni 28 taga yetdi. Shulardan Masimiliano Allegri shogirdlari 9 ta bahsda g‘alabaga qozongan bo‘lsa, 1 ta o‘yinda durang qayd etdi.
Bu orqali jamoa o‘zining 6 yil oldin o‘rnatgan rekordini takrorladi. Turinliklar 2012/13-yilgi mavsumda ham xuddi shunday natija qayd etgandi. Klub o‘sha mavsumda ham mamlakat chempionligini tantana qilgandi.
Izoh (0)