Davlat veterinariya qo‘mitasida ishlovchi xodimlar ham Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi mumkinligi belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.
Hukumatning 26-oktabrdagi qarori bilan Davlat veterinariya qo‘mitasi rahbar xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat organlari va boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga kiritildi.
Eslatib o‘tamiz, ro‘yxatda shu paytgacha 69 ta tashkilot mavjud edi.
Izoh (0)