AQSh prezidenti Donald Trampning matbuotga bosimini qoralovchi xatni 200 ga yaqin amerikalik jurnalist imzoladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Trampning siyosiy qattiqqo‘llikka ishtiyoqi matbuot erkinligiga uyushtirilayotgan hujumlarning ajralmas qismidir. Jumladan, u o‘ziga yoqmaydigan har qanday reportajni fake news deb ataydi, shuningdek, jazolamoqchi bo‘lgan jurnalist va agentliklar press-brifinglar va tadbirlarga kelishini taqiqlaydi”, — deyiladi xatda.
Shuningdek, prezident matbuotni diskreditatsiya qilib, unga nisbatan zo‘ravonlik kayfiyatini uyg‘otishga harakat qilishi aytiladi.
Izoh (0)