O‘zbekistonda 28—30-noyabr kunlari mamlakatning iqtisodiy yutuqlari ko‘rgazmasi Made in Uzbekistan 2018 bo‘lib o‘tadi, deb yozadi UzDaily.
Yarmarka-ko‘rgazmani o‘tkazishdan maqsad mahalliy sanoat kompaniyalari, innovatsion yutuqlarni ilgari surish, shuningdek, unga tashrif buyurganlar va ishtirokchilarni respublika ilmiy-ishlab chiqarish salohiyati bilan keng tanishtirishdir. Shuningdek, mamlakat avtomobil, temiryo‘l va havo-transport infratuzilmasi taraqqiyoti bilan tanishtirish, iqtisodiy va investitsion salohiyatini ochib berish, investitsiya loyihalari uchun keng imkoniyatlarni namoyish etish maqsadlari ko‘zlangan.
Ko‘rgazmada eksportga mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi avtomobil sanoati, mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi, qurilish, kimyo sanoati, energetika sohasi, elektrotexnika sanoati, mebel sanoati, farmasevtika sohasi, oziq-ovqat sanoati, yengil sanoat, telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari, poligrafiya va shu kabi boshqa sohalarning mahalliy ishlab chiqaruvchilari ishtirok etadi.
Izoh (0)