Rossiyaning “TNT” kanalida efirga uzatiladigan “Raqslar” teleloyihasida Jorje taxallusi ostida chiqish qilgan buxorolik yigit hakamlar hay’ati a’zolarini hayratlantirdi, deb yozadi “Podrobno.uz”.
23 yoshli raqqos Tatyana Denisovadan tahsil olish uchun kelganini ma’lum qildi. Uning yorqin xoreografiyasi Yegor Drujin va Migelda o‘zgacha taassurot qoldirdi.
Denisova raqsga tushib bo‘lgan yigitga “Bu sizning kiyimingizmi?” deb kutilmagan savol berdi. Uning savoli boshqa murabbiylar va zalda kulgu uyg‘otdi. Yigit sahnaga och pushti rangdagi futbolkada chiqqan edi.
“Bu unchalik mening uslubimga mos bo‘lmagan kiyim. Biroq men jiddiy erkaklarni hurmat qilaman. Xoreografiyada ishonish mumkin bo‘lgan erkaklarni qadrlayman”, — dedi Denisova.
“TNT’dagi raqslar 5-mavsumi” loyihasida rossiyalik va boshqa mamlakatlardan eng iqtidorli raqqoslar ishtirok etadi. Loyihaning finalida g‘olib ishtirokchi “Mamlakatning eng yaxshi raqqosi” nomiga sazovor bo‘ladi hamda 3 million rubl miqdorida mukofot oladi.
Izoh (0)