Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi terma jamoalar uchun sifatli ekipirovkalar yetkazib beruvchi bir qator xorij kompaniyalari bilan muzokaralar olib borib, yakunda Germaniyaning mashhur JAKO (“YAKO”) kompaniyasi bilan hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishdi, deb xabar beradi tashkilot matbuot xizmati.

Foto: O‘FA

Foto: O‘FA

Endilikda mazkur kompaniya turli yoshdagi O‘zbekiston milliy terma jamoalari uchun har bir mavsum uchun ekipirovkalar yetkazib beradigan bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, JAKO (“YAKO”) kompaniyasi sport ekipirovkalari (libos, oyoq kiyim, aksessuarlar) va inventarlarni ishlab chiqarishga mo‘ljallangan kompaniya bo‘lib, unga Rudi Shpryugel tomonidan 1989 yilning 1 noyabrida asos solingan. Ayni vaqtda JAKO (“YAKO”) kompaniyasining 40dan ortiq mamlakatlarda filiallari mavjud. Kompaniyaning bosh binosi Germaniyaning janubi-g‘arbidagi Xollenbax okrugida joylashgan.

Hozirda Avstriya, Belgiya, Niderlandiya, Shveysariya kabi mamlakatlarning bir qator klublari aynan JAKO kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi.

Ertaga, 25-oktabr kuni soat 19:00da Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda JAKO kompaniyasi tomonidan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzolanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘FAning Adidas kompaniyasi bilan kelishuvga erishgani haqida xabar berilgandi. Ammo sinov muddatidan so‘ng Adidas bilan hamkorlikdan voz kechilgan. O‘FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonovning “Kun.uz”ga ma’lum qilishicha, JAKO terma jamoalar uchun uch yil bepul ekipirovkalar taqdim etadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Vaqtingizga achinmaysiz: So‘nggi o‘n yillikning eng yaxshi multfilmlari (video)
Mahalliy
O‘zbekiston davlat xizmatlari sohasida qariyb 100 mingta qonunbuzilish holati aniqlandi
Mahalliy
O‘zbekistonda kuz-qish mavsumi oldidan suv tarmoqlarini sozlash ishlari qanday ketayotgani aytildi