Joriy yilning 9—11-noyabr kunlari dzyudo bo‘yicha Toshkent Gran-Prisi o‘tkaziladi. Musobaqada 2016-yilda faoliyatini yakunlagan Abdulla Tangriyevning ham ishtirok etishi kutilmoqda, deb yozadi Turon 24 AA.
Tangriyev 2020-yilda Tokio olimpiadasida ishtirok etmoqchi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Toshkent Gran-prisi ushbu musobaqa uchun lozim bo‘lgan muhim reyting ochkolarini taqdim etadi.
Ma’lumot uchun, Toshkent Gran-prisida 52 mamlakatdan 417 nafar sportchi ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, 37 yoshli sportchi oxirgi marta Braziliyaning Rio de Janeyro shahrida o‘tkazilgan Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgandi.
Izoh (0)