Shu yilning 16-oktabr kuni kechki soat 16:00 larda Shahrixon tumani, Yangi Naynavo MFYda yashovchi 19 yoshli I.A.ning xonadoniga noma’lum shaxs hovlisining orqa ochiq tomonidan yashirincha kirib, uning 600 ming so‘mlik Samsung J-3 rusumli uyali telefoni va 30 ming so‘m mablag‘ini o‘g‘irlab ketgan. Bu haqda Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi “Daryo”ga ma’lum qildi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Farg‘ona viloyati Quva tumanida yashovchi, 1999-yilda tug‘ilgan I.I. sodir etganligi aniqlanib, qo‘lga olingan.
Tergov davom etmoqda.
Izoh (0)