Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ispaniya qiroli Felipe VI Madrid metrosiga tushdi va unda “Tuz” bekatidan “Chamartin” bekatigacha bordi. Taxminan shu yo‘nalish bo‘ylab uning bobosining otasi qirol Alfonso XIII Madrid metrosining birinchi poyezdida 99 yil avval — 1919-yilning 17-oktabrida, metroning rasmiy ochilish kunida harakatlangan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Qo‘riqchilar bilan o‘rab olingan davlat rahbarini vagondan chiqqan ko‘p sonli xorijlik sayyohlar tanimadi, shu vaqtda qirol ham vagonga kirgan. Biroq qarama-qarshi platformadagi yo‘lovchilar davlat rahbarini ko‘rib, “Yashasin Ispaniya!”, “Yashasin qirol”, deb qichqirishni boshlagan.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Davlat rahbari metrodagi safarini mamlakat sanoat vaziri Reyes Maroto va Madrid hamjamiyati hukumati rahbari Anxel Garrido hamrohligida amalga oshirgan. “Chamartin” bekatiga yetib borgach, qirol “Tarixiy poyezdlar” ko‘rgazmasini ko‘zdan kechirgan. Ko‘rgazmaga Madrid metropoliteni poyezdlari, shu jumladan, uning bobosi 99 yil avval harakatlangan poyezd ham qo‘yilgan.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda nogironligi bor bolaga murojaat qilinganidan qat’i nazar nafaqa tayinlanadi
Mahalliy
O‘zbekistonda jinsiy zo‘ravonlik uchun jazo choralari kuchaytirilmoqda
Mahalliy
Amudaryoda yangi qurilayotgan temiryo‘l ko‘prigining bir qismi qulab tushdi