Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari va huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir natijasida giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yilmoqda. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda, deb yozadi O‘zA.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Tadbir davomida Buxoro shahri Navoiy shoh ko‘chasi bo‘ylab harakatlanayotgan Captiva rusumli avtomashina shubha uyg‘otganligi sababli to‘xtatilganda avtomashina haydovchisi Q.Sh. mashinadan qora sellofan bo‘laklarini yo‘l yoqasiga tashlab qochishga uringan. Biroq tezkor guruh vakillari tomonidan haydovchi qisqa fursatda qo‘lga olingan.

Fuqaro Q.Sh. tashlab qochishga uringan sellofan paketlaridagi gugurt qutilarida yashil rangli o‘tkir o‘ziga xos hidli quritib maydalangan holdagi o‘simliksimon moddalar bo‘lib, ular ekspertiza xulosalariga ko‘ra, umumiy og‘irligi salkam 15 grammga teng bo‘lgan marixuana giyohvandlik vositasi ekanligi o‘z tasdig‘ini topdi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan fuqaro Q.Sh.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda sportchi erkak xotini va bolasini ayovsiz kaltaklagani aytildi
Shou-biznes
“U nafaqat guruhdan, balki san’atdan ham ketdi”. “VIA Marokand” xonandasi Asal Zokirova guruhni tark etdi (video)
Biznes
Markaziy Osiyoda Rossiyaning ko‘chmas mulk bozoriga qiziqish ortib bormoqda