Butunjahon ko‘krak bezi saratoniga qarshi kurashish kuni har yili 15-oktabr kuni o‘tkaziladi. Ushbu kunga bag‘ishlangan tadbirlar dunyoning 44 dan ortiq mamlakatida, shu jumladan, O‘zbekistonda ham bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Respublika onkologlari assotsiatsiyasi ayol haydovchilarga shu mavzudagi belgilarni bepul tarqatishda yordam ko‘rsatish iltimosi bilan O‘zbekiston ichki ishlar vaziri nomiga xat bilan murojaat qildi.
Bugun, 15-oktabr kuni poytaxt ko‘chalarida transport vositalarini boshqarayotgan ayol-qizlarga Toshkent IIBB YHXB xodimlari tomonidan ana shunday belgilar topshirildi.
Aksiya maqsadi — ko‘krak bezi saratoni muammosiga keng jamoatchilik e’tiborini qaratish, kasallikni boshlang‘ich bosqichida tashxislash imkoniga ega bo‘lish uchun mazkur masalada bilimlarni oshirish.
Izoh (0)